ONLINE TEST

Testlarimiz orqali o'z bilimingizni sinab ko'ring.

Matematikani o’rganish osonmi?

Mamlakatimizda yoshlarga juda keng imkoniyatlar yaratilib, ularning o’z iqtidorlarini amaliy tarafdan ko’rsata olishlari uchun har tomonlama yordam berilmoqda. Yoshlarning ba`zilari kasb-hunar egallash orqali mamlakat ravnaqiga hissa qo’shishni o’ylayotgan bo’lsa, boshqalari oliy ma`lumotli bo’lib, o’z bilimlarini hayotda qo’llay olish uchun harakat qilishmoqda. Bunday yoshlar o’z qobiliyat darajasidan kelib chiqib oliygohlarni tanlashadi. Aksariyat oliygohlarning kirish imtihonlarida esa matematika fani asosiy fanlar qatorida turishi hech kimga sir emas. Bugun sizga poytaxtimizning ajoyib o’quv markazlaridan biri hisoblangan “Registon” o’quv markazida matematika fani qanday o’qitilishi haqida ma`lumot beramiz.

Aniq fanlarni o’rganish doimo mashaqqatli hisoblangan, bu jarayon odamdan kuchli sabr-toqat va iroda talab qiladi. O’quv markazimizda boshqa fanlar qatori, matematikani o’rganish uchun ham izchil va samarali dastur ishlab chiqilgan.

Dastur ikki qismdan iborat: nazariy-amaliy qism va testlar bilan ishlash qismi.

Dasturning birinchi qismini qo’llash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • Matematikani dastlabki bosqichdan, ya`ni 0 darajadan boshlash uchun 7 oylik dastur;
  • Matematikani davom ettiruvchilar, bilim darajasi kuchli o’quvchilar uchun 5 oylik dastur.
Foto: «Registon» o’quv markazi

Birinchi qismda matematikani izchil o’rganishni endi boshlayotgan o’quvchilar birmuncha qiyinchilikka duch keladilar, bu davr ikki-uch haftani o’z ichiga oladi. Chunki oliygohlarga kirish imtihonlaridagi savollar – hazilakam savollar emas, vaqt esa qisqa. Shu sababli birdan sonlar-u formulalar olamiga tushib qolgan o’quvchilarda o’zlariga nisbatan ishonch tuyg’ulari oz bo’lsa-da susayib qolishi kuzatiladi. Ana shunday vaziyatlarda bizga o’qituvchilarning murabbiylik salohiyatlari yordamga keladi. Bizning o’quv markazimizda o’qituvchilar xuddi sport murabbiylari uslubida ishlashadi, har bir o’quvchiga xuddi o’z farzandidek yondoshiladi, kerak joyida qattiqqo’llik, kerak joyida mehribonlik ko’rsatiladi. Motivatsiya mashg’ulotlari olib boriladi.

Matematika darslarida har bir o’quvchiga individual yondashiladi, chunki har kimning qabul qilish imkoniyati turlicha. Kimdir barcha uyga vazifalarni vaqtida bajarib kelsa, kimdir misollarning yarmida to’xtab, qotib qoladi. Shu sababdan individual yondashuv qo’llanilmoqda va bu uzoq yillardan beri o’z samarasini bermoqda.

Foto: «Registon» o’quv markazi

O’quvchilarga o’zlarining bilim darajalari o’zgarayotganini va o’rganganlarini mustahkamlash uchun izchil imtihon tizimi ishlab chiqilgan.

Bu tizim quyidagicha:

  • Har yakshanba kuni haftalik imtihon. Bu imtihon mavzulashtirilgan tarzda amalga oshiriladi va hafta mobaynidagi o’rganilgan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
  • Har oyning oxirida oylik imtihon. Bu imtihon blok-imtihon deb ham ataladi va xuddi 1-avgustdagi sharoitda amalga oshiriladi. Yil bo’yi topshirilgan imtihon natijalarining o’rtachasi hisoblanadi va shunga qarab oliygoh tavsiya qilinadi. Imtihon natijalari oliygohlardagi ko’rinishda e`lon qilinadi.
  • Har uch oyda keng miqyosdagi imtihonlar. Bu imtihonlar aksiya ko’rinishida amalga oshiriladi va boshqa o’quv markazlar o’quvchilari uchun ham ochiq hisoblanadi. Bunda o’quvchilar o’zlarining bilim darajalarini boshqa tengdoshlari bilan taqqoslab ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Shuningdek katta mavzular tugaganidan keyin og’zaki savol-javoblar va murakkablashtirilgan testlar asosida bilim darajalari tekshirilib, o’quvchilar o’zlashtirish darajalariga qarab qayta guruhlanadi.

Nazariy-amaliy qism tugaganidan keyin test bosqichiga o’tiladi.

Test bosqichi quyidagicha:

  • 7 oylik dasturni tugatganlar uchun 3oylik dastur;
  • 5 oylik dasturni tugatganlar uchun 5 oylik dastur.
Foto: «Registon» o’quv markazi

Bunda darslar master-klass tartibida amalga oshiriladi, ya`ni misollarni yechishda o’qituvchilar bilan birgalikda o’quvchilar ham fikrlaydilar. Oliygohlarda imtihonda beriladigan har yilgi savollar uslubida tayyorlangan testlar, ularni yechishning intensiv usullari ko’rib chiqilib, o’zlashtiriladi. Shuningdek, yopiq testlar ham qo’llaniladi.

O’quv markazida tashkil etiladigan barcha test imtihonlari natijalari www.rgn.uz sayti, www.t.me/RegistonEDUwww.t.me/registonshirinwww.t.me/registontestservice kanallari orqali e`lon qilinadi.

Bizning o’quv markazimizdagi matematika o’qituvchilari orasida yozilmagan bir qoida bor: hech kim matematik bo’lib tug’ilmagan va hammaga matematikani o’rgatsa bo’ladi! Buning uchun vaqt, qunt va sabr bo’lsa, yetarli. Shubha qilyapsizmi? Unda marhamat, keling, qatnashing va talabalar safiga qo’shiling! Shoshiling, chunki qabul o’rinlari cheklangan!

“Registon” o’quv markazida abituriyentlar quyidagi fanlardan kafolatli tayyorgarlik ko’rishlari mumkin:

IJTIMOIY-GUMANITAR
• Tarix;
• Ona tili va adabiyot;
• Ingliz tili.

IQTISODIYoT
• Matematika va informatika;
• Ingliz tili;
• Ona tili va adabiyot.

TEXNIKA
• Matematika va informatika;
• Fizika;
• Ona tili va adabiyot / ingliz tili.

TABIIY FANLAR
• Kimyo;
• Biologiya;
• Ona tili va adabiyot.

Har bir fan haftada 3 marta, 2 soatdan bo’ladi.

“Registon” o’quv markazida ta`lim olishni tanlagan o’quvchilarning imtiyozlari:

• Eng yangi maktab darsliklari bepul beriladi;
• 1 avgust test sinovlari uchun maxsus psixologik dastur asosida tayyorgarlik;
• Har oyning oxirida DTM andozasida mukammal test sinovlari;
• Dam olish kunlarisiz uzluksiz o’quv mashg’ulotlari;
• 10—12 kishilik kichik guruhlardagi sifatli ta`lim;
• DTM testlarining tuzilishi va ularni yechishda e`tiborga olish lozim bo’lgan jihatlari haqida qimmatli ma`lumotlar beriladi.

Foto: «Registon» o’quv markazi

 

“Registon” o’quv markazi abituriyentlarni sinov asosida o’z jamoasiga qabul qiladi. www.rgn.uz sayti orqali ro’yxatdan o’ting va biz bilan bog’laning!

 

“Registon” nodavlat ta`lim markazi manzillari:

 

Uchtepa filial:

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko’chasi, 65A-uy

Mo’ljal: Farxod bozori, «O’zbegimtaomlari»

Telefon: (+998-93) 536-27-00, (+998-90) 952-27-00

 

Chilonzor filiali:

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo’li ko’chasi, 6/1-uy

Mo’ljal: Turon bank, “Chilonzor” metro bekati

Telefon: (+998-94) 602-33-44, (+998-90) 356-20-04

Kurslarga yozilish

Registon ustozlar jamoasi

REGISTON Uchtepa filiali

Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko'chasi, 65 A uy.
Farhod bozori, "O`zbegim taomlari"

+99893 536 27 00
+99890 952 27 00

Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko'chasi, G9-A mavzesi, 2A uy

+99890 938 65 00
+99894 610 65 00


REGISTON Chilonzor filiali

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo`li 6/1
"Turon bank", Chilonzor metro bank.

+99894 602 33 44
+99890 356 20 04