1-avgust imtihoniga ruhan tayyormisiz? Unda “Abituriyent-17” super aksiyasida ishtirok eting hamda maxsus psixologik trening uchun taklifnoma yutib oling!

Talabalik sari tinimsiz harakat qilayotgan abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! “Registon” o‘quv markazi 16-iyul, yakshanba kuni barcha abituriyentlarni sinov testlariga taklif etadi.

1-45

Sinov testlarida yuqori ball olgan abituriyentlar aksiya g‘oliblari sifatida “Registon” o‘quv markazida tashkillashtirilayotgan “1-avgust loyihasi” nomli maxsus psixologik treningda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Bu treningda imtihonga ruhan tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkaziladi. Agar muammolar mavjud bo‘lsa, ularning yechimlari taklif etiladi.

Abituriyentlarning talab va istaklari asosida o‘tkazilayotgan “Abituriyent 17” super aksiyasi barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan holda o‘zbek va rus tillarida tashkil etiladi.

Test sinovlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:

Ijtimoiy-gumanitar

Iqtisodiyot

  • Matematika va informatika
  • Ingliz tili
  • Ona tili va adabiyot

Texnika

  • Matematika va informatika
  • Fizika
  • Ona tili va adabiyot / ingliz tili

Tabiiy fanlar

  • Kimyo
  • Biologiya
  • Ona tili va adabiyot

“Registon” o‘quv markazi tarkibida maxsus test tuzish va test sinovlarini o‘quv markazida o‘tkazish bo‘limi faoliyat olib boradi. Agar sizda qo’shimcha savollar tug‘ilsa, unda “Registon” test servis xizmatiga murojaat qilishingiz lozim. Barcha qiziqtirgan savollarga o‘quv markazining test xizmati rahbari shaxsan o‘zi javob beradi.

Tel. +99893-536-27-00 yoki https://t.me/RegistonEDU

2-45

“Abituriyent_17” aksiyasi talabchan abituriyentga nima bera oladi:

  • Qaysidir guruhda yetakchilik nisbiy dunyoda ahamiyatga ega emas. 600 ming abituriyent mavjud O‘zbekistonda yetakchilik qilish bizningcha ma’noga egadir. Shu sababdan xolis bilimni sinab ko‘rish o‘quvchilardagi o‘z-o‘zidan mamnunlik hissini tarbiyalaydi hamda real voqelikka tik qarashni o‘rgatadi;
  • Siz topshirmoqchi bo‘lgan universitet yoki institutning oxirgi uch yillik ballari bilan sizning olgan balingizni solishtirilib, tahlil qilinadi va oliygohga o‘tish darajangiz haqida ma’lumot beriladi;
  • Shu vaqtgacha olgan bilimingiz necha balni tashkil etishini bilib olasiz. Bu sizning darajangizni aniqlaydi hamda harakatlanish uchun kuch beradi;
  • Murakkab test sinovida ishtirok etib, quyidagi tajribalarga ega bo‘ling:
  1. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash;
  2. O‘z-o‘zingizni nazorat qilish;
  3. Titulni to‘g‘ri bo‘yash;
  4. Psixologik tayyorgarlik va boshqalar.

3-40

“Abituriyent_17” aksiyasi shartlari quyidagilardan iborat:

  • Aksiya faqat universitet va institutlarga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan;
  • Aksiyada ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlargina ishtirok eta oladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun Toshkentdagi abituriyentlar o‘quv markazimizga tashrif buyurishlari, respublikamiz viloyatlaridan aksiyada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar www.rgn.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
  • Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga maxsus ruxsatnoma beriladi. Imtihon kuni abituriyentlar maxsus ruxsatnoma bilan test sinovlariga kiritiladi. Unda test javoblari chiqadigan raqamlar, test vaqti, xona nomeri va qatnashuvchining ismi, familiyasi, otasining ismi mavjud bo‘ladi;
  • Aksiya ishtirokchilari faqat va faqat o‘z bilimlariga tayanib beriladigan testlarni yechishlari lozim. Turlicha noxolis usullardan foydalanmoqchi bo‘lgan abituriyentlar nazoratchilar tamonidan test sinovlaridan chetlashtiriladi.

Test natijalari 22-iyul, shanba kuni soat 9:00 da e’lon qilinadi.

“Abituriyent_17” aksiyasida yuqori ball olganlar har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida aniqlanib, 23-iyul, yakshanba kuni o‘tkaziladigan “1-avgust loyihasi” maxsus psixologik treningiga taklif etiladi.

IMG_8577

Aksiya ishtirokchisi bo‘lib, haqiqiy bilim bayramida qatnashing. Bu hayotingizda unutilmas kun bo‘lishiga ishonamiz. Bizda talab katta, lekin joylar soni cheklangan. Shunday ekan, tezroq ro‘yxatdan o‘ting! “Registon” o‘quv markazi sizga omad tilaydi!

“Registon” o‘quv markazi o‘quvchilarni o‘z jamoasiga qabul qiladi. www.rgn.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va biz bilan bog‘laning!

“Registon” test servis xizmati Tel. +99893-536-27-00

Uchtepa filiali:

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, 65A-uy

  • Mo‘ljal: Farhod bozori, “O‘zbegim taomlari”
  • Telefon: (+998-93) 53627-00, (+998-90) 952-27-00

Chilonzor filiali:

  • Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 6/1-uy
  • Mo‘ljal: Turon bank, “Chilonzor” metro bekati
  • Telefon: (+998-94) 6023344(+998-90) 3562004

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*