ONLINE TEST

Testlarimiz orqali o'z bilimingizni sinab ko'ring.

“Registon” o‘quv markazi: “Biz bilan hayot yo‘lini o‘zgartirish mumkin…”

Sizning hayotingizni tanlov o‘zgartiradi. Shunday ekan, birinchi navbatda maqsadingizni aniqlang va harakatni boshlang! O‘zini anglay boshlagan yosh inson oldida qaysi oliy o‘quv yurtini tanlash muammosi turadi. Qaysi kasbni egallasam, orzumdagidek hayotga erishaman? Bu va shunga o‘xshash savollar har bir insonni yoshligida o‘ylantirgan va o‘ylantirib kelmoqda.

Qiziqishlaringiz natijasida kasbni osongina tanlab oldingiz. Navbatdagi vazifa esa anchagina qiyin, o‘sha kasb egasi bo‘lish uchun bilim beradigan oliy o‘quv yurtiga kirish va o‘qish hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtiga kirish faqatgina kuchli tayyorgarlikdan o‘tganlargagina nasib qiladi. Shunchaki tayyorlanish vaqtni behuda o‘tkazishga tengdir. Vaqtning qadrini bilgan mashhur insonlarga ustozlik qilgan joy nomi bilan ataladigan o‘quv markaziga sizni taklif etamiz. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, “Registon” o‘quv markazida o‘qish sizning hayotiy tarixingizga yangi bir sahifani qo‘shadi.

“Registon” o‘quv markazida abituriyentlar quyidagi fanlardan kafolatli tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:

Ijtimoiy-gumanitar

  • Tarix;
  • Ona tili va Adabiyot;
  • Ingliz tili.

Iqtisodiyor

  • Matematika va informatika;
  • Ingliz tili;
  • Ona tili va adabiyot / Ingliz tili.

Texnika

  • Matematika va informatika;
  • Fizika;
  • Ona tili va adabiyot / Ingliz tili.

Tabiiy

  • Kimyo;
  • Biologiya;
  • Ona tili va adabiyot / Ingliz tili.

Har bir fan haftada 3 marta, 2 soatdan bo‘ladi.

“Registon” o‘quv markazida ta’lim olishni tanlagan o‘quvchilarning imtiyozlari:

  • Eng yangi maktab darsliklari bepul beriladi;
  • 1-avgust test sinovlari uchun maxsus psixologik dastur asosida tayyorgarlik;
  • Har oyning oxirida DTM andozasida mukammal test sinovlari;
  • Dam olish kunlarisiz uzluksiz o‘quv mashg‘ulotlari;
  • 10—12 kishilik kichik guruhlardagi sifatli ta’lim;
  • DTM testlarining tuzilishi va ularni yechishda e’tiborga olish lozim bo‘lgan jihatlari haqida qimmatli ma’lumotlar;

“Registon” o‘quv markazi faoliyati:

  • Abituriyentlar uchun maxsus psixologik treninglar

O‘quv markazida maxsus dastur asosida psixologik treninglar o‘tkaziladi. Ko‘p yillik tajribadan kelib chiqib, bu amaliyotning  juda zarur ekanligiga amin bo‘lganmiz. Sababi abituriyentlar uzoq va qiyinchilik bilan olgan bilimlarini 1-avgust sinovlarida 3 soat ichida to‘la ko‘rsata olishlari shart. Yillab tayyorlangan abituriyentlar asosiy sinov kunida hayajonini bosolmasdan, olgan bilimlarini namoyish qila olmasa, ularning yonida javobgarlikni o‘quv markazi ham yelkasiga oladi. Shunday holatlarning oldini olish maqsadida har oyda ikki marta psixologik treninglar o‘tkazib turiladi. Unda imtihonning eng mayda detallarigacha ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari abituriyentlarda qat’iyat, o‘ziga ishonch, maqsad uchun kurashish ko‘nikmalari ham shakllantirib boriladi.

  • Fanning haqiqiy mutaxasislari bo‘lgan ustozlar

“Registon” o‘quv markazi ustozlari har bir abituriyentning xarakter xususiyatlariga qarab baho beradigan, ularning qiziqishlari nuqtasini topib, shunga binoan fanni o‘zlashtirishlari uchun yo‘l ko‘rsata oladigan darajada tajribaga egadirlar. Qobiliyatlari turlicha bo‘lgan abituriyentlardan fanni o‘zlashtirishda bir xilda yuqori natijalarni ko‘rsatib kelayotgan ustozlar jamoasi o‘quv markazining har yilgi yutuqlarining garovi hisoblanadi.

  • O‘quv markaz yutuqlari raqamlarda

2016—2017 o‘quv yilida “Registon” o‘quv markazida mukammal tayyorgarlikdan o‘tgan abituriyentlarning ko‘pchiligi oliy o‘quv yurtlariga yuqori ballar bilan o‘qishga qabul qilindilar. Jumladan:

  • Barcha sharoitlar mavjud dars xonalari

Abituriyentlar uchun yaratib berilgan sharoitlar fanni mukammal o‘zlashtirishga yordam beradi.

“Registon” o‘quv markazi abituriyentlar ta‘lim olishi uchun mana bunday ajoyib o‘quv xonalarni taqdim etadi:

  • Darslar qanday nazorat qilinadi?

“Registon” o‘quv markazidagi shinam dars xonalarining barchasi kuzatuv kameralari bilan jihozlangan va dars jarayoni o‘quv markazi menejerlari tamonidan nazorat qilinadi. Betobligi sabab darsga qatnasha olmagan abituriyentlarga qoldirilgan darsni o‘zlashtirishlari uchun kuzatuv kameralari tamonidan yozib olingan jonli dars jarayoni videosi taqdim etiladi. Ota-onalar ham farzandlarining o‘quv jarayonlarida qanday qatnashayotganligini bevosita kuzatishlari mumkin.

  • Ota-onalar farzandlarining bilim darajasi o‘sishi haqida xabardor qilinadi
  • rgn.uz sayti
  • t.me/RegistonEDU ,
  • t.me/registonshirin ,
  • t.me/registontestservice kanallari orqali o‘quv markazida tashkil etiladigan oylik test imtihonlari natijalari e’lon qilinadi. Ota-onalar farzandlarining natijalarini sayt yoki test tashkilotchilarining maxsus sms xabarnomalari orqali bilishlari mumkin. Shuningdek, o‘quv markazi o‘quvchilari xohlagan vaqtda o‘z ilm darajalarini bilish uchun test topshirishlari mumkin. Buning uchun maxsus test bo‘limiga ariza topshirishning o‘zi kifoya.
  • Qulay joylashuv

Abituriyentlar uchun yo‘lga ketadigan vaqtni tejash juda muhim. Shu sababdan “Registon” o‘quv markazi binolari ikki manzilda joylashgan. Ular:

“Registon” o‘quv markazi abituriyentlarni sinov asosida o‘z jamoasiga qabul qiladi.  www.rgn.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

“Registon”  nodavlat ta’lim markazi

  • Manzil: Toshkent shahar Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, 65-A uy.
  • Mo‘ljal: Farhod bozori, “O‘zbegim taomlari”.
  • Telefon: (+998-93) 536-27-00, (+998-90) 952-27-00.

Chilonzor filiali:

  • Manzil: Toshkent shahar Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 6/1-uy.
  • Mo‘ljal: Turon bank,  “Chilonzor” metro bekati.
  •  Telefon: (+998-94) 602-33-44, (+998-90) 356-20-04.

Kurslarga yozilish

Registon ustozlar jamoasi

REGISTON Uchtepa filiali

Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko'chasi, 65 A uy.
Farhod bozori, "O`zbegim taomlari"

+99893 536 27 00
+99890 952 27 00

Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko'chasi, G9-A mavzesi, 2A uy

+99890 938 65 00
+99894 610 65 00


REGISTON Chilonzor filiali

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo`li 6/1
"Turon bank", Chilonzor metro bank.

+99894 602 33 44
+99890 356 20 04