“Registon” o’quv markazi faoliyati

Abituriyentlar uchun maxsus psixologik treninglar

O’quv markazida maxsus dastura sosida psixologik treninglar o’tkaziladi. Ko’p yillik tajribadan kelib chiqib, bu amaliyotning juda zarur ekanligiga amin bo’lganmiz. Sababi abituriyentlar uzoq va qiyinchilik bilan olgan bilimlarini 1-avgust sinovlarida 3 soat ichida to’la ko’rsata olishlari shart. Yillab tayyorlangan abituriyentlar asosiy sinov kunida hayajonini bosa olmasdan, olgan bilimlarini namoyish qila olmasa, ularning yonida javobgarlikni o’quv markazi ham yelkasiga oladi. Shunday holatlarni oldini olish maqsadida har oyda ikki yoki uch marta psixologik treninglar o’tkazib turiladi. Unda imtihonning eng mayda detallarigacha ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari abituriyentlarda qat’iyat, o’ziga ishonch, maqsad uchun kurashish ko’nikmalari ham shakllantirib boriladi.

registon o'quv markazi psixologik trening