REGISTON o’quv markazi haqida

O’sha mashhur “REGISTON”ning yangi tarixi

Samarqand shahriga borgan har bir inson Registon maydoniga borib, dunyoga mashhur madrasalarni ko’rishga shoshiladi. Madrasalarni aylanish chog’ida hayrat bilan bunday ulug’ dargohda ustozlik qilgan va tahsil olgan minglab buyuk insonlar haqida ma’lumotlarni olib, ularga havas qilishadi. Shunday ulug’ joy nomiga monand Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan “Registon” o’quv markazi hayoti va uning qisqa bo’lsa-da, lekin shiddatli tarixi qanday bo’lganligi, uning shunday buyuk nomga munosib bo’lish uchun qilayotgan ishlari haqida so’zlab berish bugungi mavzu doiramizga kiradi.

Respublikamizda juda ko’p ajoyib o’quv markazlari faoliyat olib borayotganini hisobga olsak, har bir o’quv markazining o’quvchilari o’sha muassasaning tarixini yaratishadi. Siz ham bizning tariximizda qolishni xohlasangiz, diqqat qiling, asosiy mavzuga o’tamiz.

registon o'quv markaziSizning hayotingizni tanlov o’zgartiradi. Shunday ekan, birinchi navbatda maqsadingizni aniqlang va harakatni boshlang!

O’zini anglay boshlagan yosh insonda qaysi oliy o’quv yurtini tanlash muammosi turadi. Qaysi kasbni egallasam, orzumdagidek hayotga erishaman? Bu va shunga o’xhash savollar har bir insonni yoshligida o’ylantirgan va o’ylantirib kelmoqda. 

Qiziqishlaringiz natijasida kasbni osongina tanlab oldingiz. Navbatdagi vazifa esa anchagina qiyin, o’sha kasb egasi bo’lish uchun bilim beradigan oliy o’quv yurtiga kirish va o’qish hisoblanadi. Oliy o’quv yurtiga kirish faqatgina kuchli tayyorgarlikdan o’tganlargagina nasib qiladi. Shunchaki tayyorlanish vaqtni behuda o’tkazishga tengdir. Vaqtning qadrini bilgan mashhur insonlarga ustozlik qilgan joy nomi bilan ataladigan o’quv markaziga sizni taklif etamiz. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, “Registon” o’quv markazida o’qish sizning hayotiy tarixingizga yangi bir sahifani qo’shadi.

Ota-onalar farzandlarining bilim darajasi o’sishi haqida xabardor qilinadi

O’quv markazida tashkil etiladigan oylik test imtihonlari natijalari registonstudy.uz saytida e’lon qilinadi. Ota-onalar farzandlarining natijalarini sayt yoki test tashkilotchilarining maxsus sms xabarnomalari orqali bilishlari mumkin. Shuningdek, o’quv markazi o’quvchilari xohlagan vaqtda o’z bilim darajalarini bilish uchun test topshirishlari mumkin. Buning uchun maxsus test bo’limiga ariza topshirishning o’zi kifoya.

 

Qulay joylashuv

Abituriyentlar uchun yo’lga ketadigan vaqtni tejash juda muhim. Shu sababdan “Registon” o’quv markazi binolari ikki manzilda joylashgan.Ular:

registonmap